2025 yilning 1 choragida O‘zbekiston hududlariga kiritilgan jami investisiyalar 120 trln so‘mni tashkil qildi, shundan 71% — xorijiy investisiyalar.
Investisiyalar ulushida xorijiy sarmoya miqdori eng ko‘p bo‘lgan hudud – Sirdaryo bo‘ldi. Bu yerda chet el mablag‘lari jami sarmoyalarning 84%ini tashkil qilgan.
Lekin mablag‘ miqdori hisobida, eng ko‘p xorijiy investisiya - Toshkent viloyatiga kiritilgan - 11,3 trln so‘m, ikkinchi o‘rinda Namangan — 10,3 trln va Toshkent shahri - 8,6 trln so‘m.
Eng kam mablag‘ kiritilgan hudud Xorazm viloyati— 2,4 trln so‘m.