AQSh prezidenti Donald Tramp X ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, Amerika sudlarining prezident ma’muriyatiga muhojirlarni chiqarib yuborishda ko‘maklashishdan bosh tortishi AQSh asoschilari g‘oyalariga zid.
"Sudyalar qanday qilib AQShga jinoyatchilarni, jumladan qotillarni, mamlakatimizdan ular kelgan joyga chiqarib yuborishga ruxsat bermayapti? Agar shunday bo‘lsa, biz bilgan mamlakatning kuni bitdi degani. Amerikaliklar butunlay boshqacha, jinoyatlarga to‘la hayotga ko‘nikishlari kerak bo‘ladi. Bu asoschilarimiz mutlaqo nazarda tutmagan narsa!" - deya ta’kidladi Tramp.