Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev AQSh prezidenti Donald Trampning AQShning Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabasi haqidagi so‘zlarini safsata deb atadi.
Bu haqda u "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
"Tramp avvalroq AQSh Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga asosiy hissa qo‘shgani va 8 may bayramini belgilashini ma’lum qilgandi. Bayram yomon narsa emas. Birinchi xulosaga ko‘ra esa - pafosli safsata," - dedi u.
Medvedev Trampni Berlinni kim olgani, fashistlarni to‘rt yildan ko‘proq vaqt davomida kim tor-mor qilgani va "noshukur Yevropani kim ozod qilgani"ni bilmasa, eslashga yoki so‘rashga chaqirdi.
Shuningdek, u fashizmni yo‘q qilish uchun aynan sovet xalqi "27 million o‘g‘il-qizlarining hayotidan" mahrum bo‘lganini eslatdi.