Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Xorazmda “Qovun sayli” festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Xorazmda “Qovun sayli” festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Kecha, 7 avgust kuni tarixiy va navqiron Xiva shahrida an’anaviy xalqaro “Qovun sayli” festivali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Festival O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi. Unda Xorazmning an’anaviy, o‘ziga xos boyligi — hududning turli qismlaridan turli navdagi qovunlar namoyish etilmoqda.

Tadbirda so‘zga chiqqan Xorazm hokimi Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyatida turistlar oqimi yildan-yilga ortib borayotganligi, bunda “Qovun sayli” kabi festivallarning ahamiyati muhim ekanligini aytib o‘tdi.

Xorazmda “Qovun sayli” festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Akkulov esa O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimi oshayotganligiga e’tibor qaratib, Xorazm tarixiy obidalari, an’analari, madaniy boyligi va boshqa jihatlari bilan azaldan mahalliy va xorijlik sayyohlarni o‘ziga jalb qilayotganini ta’kidladi.

Xorazmda “Qovun sayli” festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Ochilish marosimi qovunning ming dardga shifo ekanligi haqidagi ko‘rgazmali chiqishlar va ko‘ngilochar madaniy dastur bilan davom etdi. Kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Xorazmda “Qovun sayli” festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Ma’lumot uchun, festival doirasida “Ichan qal’a”da bir-biridan chiroyli bezatilgan pavilyonlarda dehqonlar tomonidan yetishtirilgan poliz ekinlari va ulardan tayyorlangan mahsulotlar ko‘rgazmalari ham namoyish etilmoqda. Har bir pavilyonda o‘ziga xos madaniy dasturlar, teatrlashtirilgan sahnalar, milliy liboslar namoyishi, folklor ansambllari konsertlari, milliy taomlar ko‘rgazmalari ham tashkil etilgan.

Uch kun davom etadigan mazkur festivalga bir yarim milliondan ortiq mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

Kiritildi: 09:53 08.08.2026. O'qildi: 666 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!