Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Xorazmda noqonuniy ov qilgan hokim o‘rinbosari va IIB xodimi ushlandi

Xorazmda noqonuniy ov qilgan hokim o‘rinbosari va IIB xodimi ushlandi

Xorazmda 16 oktyabr kuni harbiy qism chegarachilari bilan o‘tkazilgan Ekologik nazorat tadbiri davomida 8 nafar fuqaro noqonuniy ov qilayotgani aniqlandi. Bu haqda Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar berdi.

Ular Xorazm viloyatining Turkmaniston bilan chegaradosh Tuproqqal’a tumanining chegaraoldi hududida tungi soat 02:00 larda chegaraoldi hududlarida bo‘lish rejimini hamda ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzib, bir dona yovvoyi to‘ng‘izni otib o‘ldirgan.

Huquqbuzarlardan 6 ta ov quroli, 105 ta o‘q-dori va 4 ta qarmoq ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Mazkur huquqbuzarlik holati yuzasidan to‘plangan hujjatlar sud idoralariga taqdim etiladi.

Ishonchli manbaning xabar berishicha, huquqbuzarlardan biri tuman hokimi o‘rinbosari, yana biri IIB mas’ul xodimi, qolganlari savdogarlar ekanini aytmoqda.

Kiritildi: 16:24 19.10.2020. O'qildi: 3378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!