Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Xorazmda yer sotuvchilar katta pul bilan qo‘lga tushdi

Xorazmda yer sotuvchilar katta pul bilan qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gurlan tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar B.YU. (muqaddam sudlangan) va D.YU. fuqaro X.A.ning ishonchiga kirib, Shovot tumani, “Mevazor” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 25 sotix yer maydonini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 66 000 AQSh dollari evaziga uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, shundan 45 000 AQSh dollari va 130 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 03:31 13.03.2025. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!