5 iyul kuni Turkiyaning Aydin viloyatida 35 yoshli o‘zbek fuqarosi otishma oqibatida bosh qismidan jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lgan. U restoranda ofisiant sifatida faoliyat olib borayotgan bo‘lgan.
Ushbu jinoyatni sodir etgan 5 nafar shaxs qo‘lga olingan va tergov harakatlari davom etmoqda.
Bosh konsulxona va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migrasiya agentligi ayolning jasadini O‘zbekistonga yuborish hamda uning yaqinlariga yordam ko‘rsatish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.