Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Xorazmda 39 yoshli yigit suvda cho‘kib vafot etdi

Xorazmda 39 yoshli yigit suvda cho‘kib vafot etdi

Aholi o‘rtasida bu borada olib borilayotgan profilaktik ishlarga qaramasdan joriy yilda ham afsuski suvga cho‘kish bilan bog‘liq fojeali holatlar qayd qilinmoqda.

"7news.uz"ga ko‘ra, Xonqa tumanida yashagan, 1980 yilda tug‘ilgan Z.N. ham suvda cho‘milish bilan bog‘liq yuqoridagi oddiy tartib-qoidalardan xabardor bo‘lgan holda, 2019 yil 25 may kuni kechki paytda yolg‘iz o‘zi, tuman hududidan oqib o‘tuvchi “Shovot” kanaliga cho‘milishga borib, ehtiyotsizligi tufayli suvga cho‘kib vafot etgan. Marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz.

Hurmatli fuqarolar, belgilanmagan joylarda cho‘milmang, shuningdek farzandlaringizni ham belgilanmagan joylarda hamda katta yoshdagilarning kuzatuvisiz cho‘milishiga yo‘l qo‘ymang. Ushbu oddiy qoidalar –  hayotning uzviy kafolati ekanligini unutmang!

Podpolkovnik Z.Ismoilov, viloyat IIB xodimi

Kiritildi: 10:07 28.05.2019. O'qildi: 2083 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!