Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Xorazmda 10 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Xorazmda 10 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Xorazm viloyatida ham koronavirusga chalingan 10 nafar bemor to‘liq sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning 9 nafari Rossiyadan charter reys bilan Xorazmga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. 1 nafar fuqaro esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, fuqarolarning 2 nafari Namangan viloyatidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Jizzax, Samarqand, Farg‘ona, Toshkent, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 8 nafari erkak, 2 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 53 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 22 yoshda.

Xorazm viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 168 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 178 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1790 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 15:10 09.05.2020. O'qildi: 3047 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!