Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Xorazm viloyatida elektr energiyasi "o‘g‘risi" ushlandi

Xorazm viloyatida elektr energiyasi "o‘g‘risi" ushlandi

"O‘zenergoinspeksiya" Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan IIB ishtirokida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Urganch tumani "Oq ariqlar" MFYda joylashgan "I. T. B. Q." MCHJ sug‘orish maqsadida foydalanayotgan suv nasoslari uchun elektr ta’minoti bilan shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 8 milliard 672 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:41 19.06.2025. O'qildi: 525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!