Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Xorazm mavjud epidemiologik vaziyat tufayli “sariq”, ya’ni o‘rta xavfli hududga kiritildi

Xorazm mavjud epidemiologik vaziyat tufayli “sariq”, ya’ni o‘rta xavfli hududga kiritildi

5 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatdagi epidemiologik holatdan kelib chiqib, karantin qoidalari bosqichma-bosqich yumshatilishi bildirildi. Shuningdek, viloyat, tumanlar  va shaharlar “qizil” (yuqori xavfli), “sariq” (o‘rta xavfli) va “yashil” (xavfsiz) hududlarga ajratilishi belgilandi.
Viloyat bo‘yicha 6 mayga qadar 231 nafar shaxs koronavirus infeksiyasiga chalingani aniqlangan. Shu kungacha ularning 154 nafari kasallikdan butunlay sog‘aygan. 77 nafari ayni paytda shifoxonalarda davolanmoqda.
Davolayotganarning 40 nafari joriy yilning 22 mart kuni Novosibirsk – Urganch yo‘nalishida va 21 nafari Moskva-Urgench yo‘nalishida charter reys bilan kelgan fuqarolar, 13 nafari kasallikka chalingan ushbu fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonida yuqtirib olgan vohadoshimiz, yana 3 nafari  yuk mashinalari haydovchilaridir. Ularning ahvoli qoniqarli, tibbiyot xodimlari tomonidan xalqaro stantdartlar asosida muolajalar olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:26 06.05.2020. O'qildi: 3874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!