Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xorazm “Lazgi”si YUNESKO madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

Xorazm “Lazgi”si YUNESKO madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

O‘zbekiston butun  dunyoga mashhur bo‘lgan Xorazm “Lazgi”sini “Xorazm raqsi – Lazgi” nomi ostida YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritmoqchi. Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning  “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida keltirib o‘tilgan.

Shuningdek, Buyuk ipak yo‘lining O‘zbekistondan o‘tgan qismini “Ipak yo‘li: Zarafshon daryosi vohasi” va “Ipak yo‘li: Farg‘ona Sirdaryo havzasi” nomi ostida YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Xivadagi "Ichan qal’a" majmuasi, madaniyatlar chorrahasi -  Samarqand, Buxoro va Shahrisabzning tarixiy markazlari, shuningdek, Chotqol biosferasi YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 

Shoshmaqom, Boysun madaniy makoni, Katta ashula, askiya, osh, Navro‘z, atlas va adras ishlab chiqarish texnologiyalari tashkilotning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.

Kiritildi: 15:36 29.11.2018. O'qildi: 2811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!