Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Anqarada Falastinning HAMAS harakati delegasiyasi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar Yaqin Sharqdagi so‘nggi vaziyat, xususan, G‘azoda o‘t ochishni barqaror to‘xtatishni ta’minlash masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazilishiga to‘sqinlik qilish va buning salbiy oqibatlari yuzasidan fikr almashildi.
Eslatib o‘tamiz, harakat Siyosiy byurosi rahbari Muhammad Darvish boshchiligidagi HAMAS delegasiyasi avvalroq Turkiya Milliy razvedka tashkiloti rahbari Ibrohim Kalin bilan uchrashgan edi.