Xomanaiy vafotidan keyin uning vorisini 88 nafar ruhoniydan iborat Ekspertlar Assambleyasi tanlashi kerak.
CNN xabariga ko‘ra, hozircha rasmiy voris e’lon qilinmagan.
Ehtimoliy nomzodlar orasida quyidagilar tilga olinmoqda:
🟦 Mujtaba Xomanaiy — Xomanaiyning o‘g‘li, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (KSIR) bilan aloqalari va ta’siri bor. Biroq u yuqori darajali oyatulloh emas, shuningdek hokimiyatning «meros» tariqasida o‘tishi bahslarga sabab bo‘lmoqda;
🟦 Alireza Arafi — Ekspertlar Assambleyasi raisi o‘rinbosari, diniy isteblishment vakili, ammo siyosiy jihatdan kuchli figura hisoblanmaydi;
🟦 Muhammad Mehdi Mirbageriy — qat’iy konservativ ruhoniy, keskin antig‘arbiy pozisiyasi bilan tanilgan;
🟦 Hasan Xomeyniy — Islom Respublikasi asoschisi Ruhulloh Xomeyniyning nabirasi, ramziy legitimlikka ega, ammo kuch ishlatar tuzilmalarga ta’siri cheklangan;
🟦 Hoshim Husayniy Bushehriy — Ekspertlar Assambleyasi raisining birinchi o‘rinbosari, tizimga yaqin, lekin keng jamoatchilik qo‘llab-quvvatloviga ega emas.
Shuningdek, IRNA agentligi ma’lum qilishicha, Eron Prezidenti, sud hokimiyati rahbari hamda Konstitusiyani himoya qilish kengashi a’zosi Ali Xomanaiy vafotidan so‘ng mamlakatni vaqtincha boshqaradi.