Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Xomanaiy: AQSh Eronning yadroviy dasturini yo‘q qila olmadi

Xomanaiy: AQSh Eronning yadroviy dasturini yo‘q qila olmadi

Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy AQSh prezidenti Donald Trampning bayonotlariga javob qaytardi. Bu haqda Eronning IRNA axborot agentligi xabar berdi.

Xomanaiyning ta’kidlashicha, 2025 yil iyun oyida AQSh havo hujumlari vaqtida Eronning yadroviy dasturini yo‘q qila olmagan.

“Yaxshi, orzu qilishda davom eting. Lekin sizning fikringizcha, mamlakat atom sanoatiga ega bo‘ladimi yoki yo‘qmi?” — dedi u Amerika rahbarining so‘zlariga izoh berar ekan.

Eron oliy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Donald Trampning nutqi va harakatlari “Eron, mintaqadagi vaziyat va uning xalqi haqidagi yolg‘onlar orqali sionitlarni ruhlantirish hamda o‘zini kuchli ko‘rsatish”ga qaratilgan.

Avvalroq Tramp agar AQSh Eron ob’ektlariga zarba bermaganida, Tehron allaqachon yadroviy qurolga ega bo‘lishi mumkin edi, deb bayonot bergan edi.

Kiritildi: 21:05 20.10.2025. O'qildi: 379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!