Bugun 17 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Xolandning «Real»ga o‘tishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan uchta omil ma’lum bo‘ldi

Xolandning «Real»ga o‘tishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan uchta omil ma’lum bo‘ldi

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland Madridning «Real» jamoasiga o‘tishni o‘z karyerasidagi asosiy maqsad deb hisoblaydi. O‘z navbatida, «Qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres ham 25 yoshli forvardni kelasi yozda jamoaga qo‘shib olishni orzu qilmoqda. Funksioner norvegiyalik futbolchining agenti bilan muloqotni davom ettirmoqda. Bu haqda Sky Sport Germany xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Real» Xolandni o‘z safiga qo‘shib olishda qator qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.

Birinchidan, u «Manchester Siti» bilan 2034 yilga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnomaga ega.

Ikkinchidan, «shaharliklar» hujumchisini transfer qilish uchun Madrid jamoasini vinger Vinisius Junior tark etishi kerak bo‘ladi.

Uchinchidan esa, Xolandning transferi «Real»ga 500 million yevrodan ortiq mablag‘ga tushishi mumkin.

Joriy mavsumda norvegiyalik futbolchi barcha musobaqalar doirasida 29 ta o‘yinda qatnashib, 26 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati €200 millionni tashkil qiladi.

Kiritildi: 23:46 16.01.2026. O'qildi: 250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!