Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Xoland Klopp uchun "Real"ga o‘tishga tayyor

Xoland Klopp uchun "Real"ga o‘tishga tayyor

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland yaqin kelajakda klubini o‘zgartirish imkoniyatini istisno qilmayapti, ayniqsa, Xosep Gvardiola mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan bir paytda. «El Nacional» nashrining xabariga ko‘ra, Xolandni «Real Madrid»da to‘p surish varianti o‘ziga jalb qilmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, yulduz norvegiyalik Madrid klubiga o‘tishga rozi, biroq faqat bir shart bilan: agar Yurgen Klopp murabbiylik kursisida Alvaro Arbeloani almashtirsa.

Qayd etilishicha, Klopp «Real»ga kelgan taqdirda Vinisius Juniorni «qurbon qilishi» mumkin — Madrid klubi braziliyalik futbolchini shartnomasi tugashiga bir yil qolganda sotib yuborishi ehtimoldan xoli emas. Ushbu transferdan tushadigan mablag‘ Xolannning transferini moliyalashtirishga yordam berishi mumkin.

Nufuzli «Transfermarkt» portali 25 yoshli Erling Xolandni 200 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 23:41 12.02.2026. O'qildi: 215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!