Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Xoland «Barselona»ga o‘tish uchun «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin

Xoland «Barselona»ga o‘tish uchun «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland faoliyatini «Barselona»da davom ettirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 26 yoshli norvegiyalik futbolchi kataloniyaliklar safida Lamin Yamal bilan birga o‘ynashni istamoqda. Ta’kidlanishicha, hujumchi «Manchester Siti»dagi faoliyati yakuniga yetib borayotganini his qilmoqda va mavsum tugagach, jamoani tark etishi mumkin.

Xolandning qaroriga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan yana bir omil sifatida «Manchester Siti»ga nisbatan moliyaviy qoidalarning ehtimoliy buzilishi bo‘yicha olib borilayotgan tergov doirasida sanksiyalar qo‘llanilishi mumkinligi aytilmoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, norvegiyalik futbolchining vakillari «Barselona» prezidenti Joan Laporta bilan ehtimoliy transferni muhokama qilishga tayyor. Biroq hozircha muzokaralar aniq kelishuvga olib kelmagan.

Kiritildi: 12:46 13.10.2026. O'qildi: 538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!