Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Xoland 52 yillik rekordni takrorladi

Xoland 52 yillik rekordni takrorladi

Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland Germaniya futboli afsonasi Gerd Myullerning rekordini takrorladi.

Bu haqda Dailysports xabar bermoqda.

Ushbu natija UYEFA Millatlar ligasining V turi doirasida Uels terma jamoasiga qarshi o‘yinda qayd etildi.

3:1 hisobida norvegiyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvda Xoland jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.

Bu gol hujumchi uchun terma jamoa safidagi 60-o‘yinda kiritilgan 66-goli bo‘ldi.

Qayd etish joizki, Xoland so‘nggi 52 yil ichida Gerd Myullerdan keyin ushbu natijaga erishgan birinchi yevropalik futbolchiga aylandi. Myuller bunday ko‘rsatkichni 1974 yilda qayd etgan edi.

Kiritildi: Bugun 13:55. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik