Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland 52 yil avval germaniyalik afsonaviy to‘purar Gerd Myuller tomonidan qayd etilgan tarixiy natijani takrorladi.
UYEFA Millatlar ligasi guruh bosqichida Norvegiya terma jamoasi Uelsni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvda skandinaviyaliklarning yulduzli hujumchisi Erling Xoland penaltini aniq amalga oshirib, o‘z nomiga yana bir gol yozdirib qo‘ydi.
Stats Foot ma’lumotiga ko‘ra, mazkur gol Xoland uchun Norvegiya terma jamoasi safidagi 60 ta uchrashuvda urilgan 66-gol bo‘ldi.
Shu tariqa, Erling 1974 yildan buyon bunday natijaga erishgan ilk yevropalik futbolchiga aylandi. Bundan 52 yil avval Germaniya terma jamoasining afsonaviy hujumchisi Gerd Myuller ham xuddi shunday samaradorlik qayd etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Norvegiya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida Daniyaga qarshi safarda maydonga tushadi.
Skandinaviya terma jamoalari o‘rtasidagi ushbu uchrashuv 17 noyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.