Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Xohlovchilar koalisiyasi" janglar tugagandan so‘ng Ukrainaga to‘xtatuvchi kuchlarni yuborishga tayyor

"Xohlovchilar koalisiyasi" janglar tugagandan so‘ng Ukrainaga to‘xtatuvchi kuchlarni yuborishga tayyor

"Xohlovchilar koalisiyasi" harbiy harakatlarni to‘htatish bo‘yicha Ukrainaga ko‘p millatli "to‘xtatuvchi kuchlar"ni joylashtirishga tayyorligini tasdiqladi.

Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer idorasi tarqatgan bayonotda aytiladi.

"Ular jangovar harakatlar to‘xtatilishi bilanoq to‘xtatuvchi kuchlarni joylashtirishga hamda Ukraina osmoni va dengizlari xavfsizligini ta’minlash hamda qurolli kuchlarni qayta tiklashga yordam berishga tayyor ekanliklarini yana bir bor ta’kidladilar", — deyiladi bayonotda. U 17 avgust kuni Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya raisligida bo‘lib o‘tgan "xoxlovchilar koalisiyasi"ning virtual yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha chop etildi.

Kiyevga yordam bermoqchi bo‘lgan davlatlar guruhi a’zolari, shuningdek, "Prezident Trampning Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish majburiyatini yuqori baholadilar, bunda "xohlovchilar koalisiyasi" Ukraina uchun ko‘p millatli kuchlar orqali boshqa chora-tadbirlar doirasida muhim rol o‘ynaydi".

Kiritildi: 08:00 18.08.2025. O'qildi: 1275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!