Mamlakatning Xunan provinsiyasi Chansha shahridagi "Huasheng Fireworks Manufacturing and Display Company" zavodida sodir bo‘lgan kuchli portlash oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi, yana 61 kishi turli darajadagi tan jarohatlarini oldi.
Voqea dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:40 atrofida yuz bergan. Davlat ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, voqea joyida 500 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi va qutqaruvchilar ish olib borgan.
Xitoy raisi Si Jinpin hodisa yuzasidan zudlik bilan tekshiruv o‘tkazish va aybdorlarni qattiq javobgarlikka tortish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Shuningdek, u mutasaddi idoralarga xavfli sanoat tarmoqlarida nazoratni kuchaytirish va aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriq bergan.
Ma’lumot uchun, Xitoy dunyodagi pirotexnika eksportining uchdan ikki qismini ta’minlaydi va o‘tgan yili bu sohada 1,14 milliard dollarlik mahsulot eksport qilgan.