Xitoy shimoli-sharqidagi Lyaoyang shahrida fojia yuz berdi: restorandagi yong‘in oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘ldi. Yana uch nafari og‘ir yaralangan, deya xabar beradi Xitoy davlat televideniyesi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari tarqatgan videoda bino alanga ichida qolgani va undan qalin qora tutun ko‘tarilayotganini ko‘rish mumkin.
Yong‘in mahalliy vaqt bilan tushga yaqin boshlangan. Yong‘in sabablari hozircha noma’lum. Xitoyda bunday fojialar ko‘pincha yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish tufayli sodir bo‘ladi. Shu tariqa, aprel oyi boshida mamlakatning boshqa hududidagi qariyalar uyida 20 kishi halok bo‘ldi.
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin voqeaga munosabat bildirdi. U qutqaruv xizmatlarini “jabrlanganlarni davolash va marhumlarning oilalariga yordam ko‘rsatish uchun hamma narsani qilishga” chaqirdi.