Bugun 13 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Ukrainada doimiy tinchlik barqaror bo‘lishini istayman - Putin

Ukrainada doimiy tinchlik barqaror bo‘lishini istayman - Putin



Rossiya Prezidentining Trampning maxsus vakillari bilan uchrashuvdagi boshqa bayonotlari:

— Ukraina hududidagi xorijiy qo‘shinlar Rossiya Qurolli kuchlari uchun qonuniy nishon bo‘ladi;

— Ukraina hududida xorijiy qo‘shinlarning bo‘lishi qabul qilib bo‘lmaydigan holat; bu Rossiya milliy xavfsizligiga tahdid soladi.

— Rossiya Yevropa bilan muloqot eshiklarini hech qachon yopmagan; buni yevropaliklarning o‘zlari qilishgan.

— Rossiya AQShning Yevropa bilan hamkorlik qilishini hamda yevropaliklarga o‘zlari nima istayotganini — tinchlikmi yoki urushmi — hal qilib olishlarida yordam berishini istaydi.

— Putinning ta’kidlashicha, Rossiya uchun Ukraina bilan faqat bitta chegara chizig‘i mavjud — bu davlat chegarasidir.

— Putin Oleshki shahrida qo‘llanilgan tajribaga asoslanib, Konstantinovkadan gumanitar missiya tashkil etishni taklif qildi.

— Rossiya Konstantinovkani nazorat qiladi va bunday gumanitar missiya xavfsizligini ta’minlashga tayyor.

— Rossiyaga Konstantinovka yaqinidagi hududni minalardan tozalash uchun besh kun kerak bo‘ladi; agar Kiyev shaharni o‘z nazoratida deb da’vo qilsa, u holda o‘z tomonidan xavfsizlikni ta’minlashi lozim.

— Agar Yevropa qo‘shinlari Ukrainaga kiritilsa, "urush qayta boshlanadi".
Kiritildi: 19:09 12.11.2026. O'qildi: 855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik