Bugun 13 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda Iqlim integrasiyasi modelini yaratishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda Iqlim integrasiyasi modelini yaratishni taklif qildi



Prezident Shavkat Mirziyoyev Antaliyada o‘tayotgan COP31 sammitida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekistonning natijalari va yangi tashabbuslarini ma’lum qildi.

Xususan, mamlakat yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan parnik gazlari tashlamalarini 35 foizga kamaytirish maqsadiga muddatidan oldin erishgan. Endi 2035 yilgacha bu ko‘rsatkichni 50 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, 2030 yilga borib elektr energiyasi ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi manbalar ulushi 54 foizga yetkaziladi.

Prezident Markaziy Osiyoda muzliklarning erishi, suv tanqisligi va qurg‘oqchilik xavfi kuchayib borayotganiga e’tibor qaratdi. Bu muammolarni alohida davlatlar emas, balki mintaqaviy hamkorlik orqali hal qilish zarurligini ta’kidladi.

Shu maqsadda Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda Iqlim integrasiyasi modelini rivojlantirish va hamkorlikni uchta asosiy yo‘nalishda yo‘lga qo‘yish tashabbusini ilgari surdi.

Kiritildi: 17:38 12.11.2026. O'qildi: 804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik