Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Xitoyga XXI asr boshida G‘arb mamlakatlari boshidan kechirgan "xitoycha shok" tahdid solmoqda

Xitoyga XXI asr boshida G‘arb mamlakatlari boshidan kechirgan "xitoycha shok" tahdid solmoqda

Xitoyga XXI asr boshida G‘arb mamlakatlari boshidan kechirgan "xitoycha shok" tahdid solmoqda. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

"G‘arb davlatlari XXI asr boshida Xitoy fabrikalari jahon ishlab chiqarish markaziga aylangan paytda kuchli iqtisodiy zarbaga duch kelgan edi. Endi xuddi shunday vaziyat Xitoyning o‘ziga tahdid solmoqda", deb yozmoqda nashr.

Tahlilchilarga ko‘ra, Xitoyda mehnat resurslari endi avvalgidek arzon emas, ishlab chiqarish boshqa Osiyo davlatlariga ko‘chmoqda. Shu bilan birga, avtomatizasiya jarayoni millionlab ish o‘rinlariga xavf tug‘dirmoqda.

G‘arb davlatlari bunday inqirozni iste’mol iqtisodiyoti va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish hisobiga yengib o‘tgan. Ammo Xitoy raisi Si Jinpin "yangi va sifatli ishlab chiqarish quvvatlari" iqtisodiy o‘sish modelining asosi bo‘lib qolishini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, iqtisodchilar yuqori texnologiyali sohalardagi ishlab chiqarish ko‘p odamni ish bilan ta’minlay olmasligini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 16:54 26.03.2025. O'qildi: 846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!