Xitoyga aloqador hakerlar AQSh Moliya vazirining kompyuterini buzib kirdi.
Bu haqda Bloomberg agentligi manbalarga tayanib xabar berdi.
Hakerlar Janet Yellenning kompyuterida saqlanayotgan 50 dan ortiq faylni qo‘lga kiritishgan. Bundan tashqari, vazirning ikki yordamchisi foydalanuvchi kompyuterlar ham buzilgan.
"Kiberjinoyatchilarni AQSh Moliya vazirligining sanksiyalar, razvedka va xalqaro ishlardagi roli qiziqtirgan ko‘rinadi, ta’kidlanishicha, ular vazirlikning elektron pochtasi yoki maxfiy tizimlariga kira olishmagan", deb yozadi agentlik.
AQSh maxfiy xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, Silk Typhoon va UNC5221 hakerlik guruhlari ushbu kiberhujumga aloqador.