Bloomberg, ma’lumotlariga ko‘ra, hayratlanarli darajada yuqori ko‘rsatkichlar siyosatchilar o‘tgan yil oxirida rag‘batlantiruvchi choralarni kuchaytirgandan so‘ng, dunyoning ikkinchi yirik iqtisodiyoti jadal rivojlanganligining so‘nggi dalilidir.
🔘Joriy yilning yanvar-fevral oylarida sanoat ishlab chiqarishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7 foizga oshdi, deb xabar beradi XXR Milliy statistika byurosi, bu iqtisodchilar kutganidan ancha tezroq.
🧱Ko‘chmas mulkni rivojlantirishga investisiyalar 9%ga tushib, iqtisodiyotga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Daromadning noaniq ko‘rinishi iste’molchi va biznes ishonchiga bosim o‘tkazishda davom etmoqda.
🔘Fevral oyida iste’mol narxlari so‘nggi besh oy ichida birinchi marta ko‘tarildi, ammo tiklanishga asosan Yangi yil bayrami paytida xarajatlarning ko‘payishi yordam berdi va bu qisqa muddatli bo‘lishi mumkin, deydi tahlilchilar.