Xitoyda uch yoshli bola 18-qavatdan qulab tushib, tirik qoldi. Bu haqda South China Morning Post xabar bermoqda.
Mahalliy ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa yuz bergan kunda bola buvisi va buvasining nazoratida bo‘lgan. Ular nabirasi uxlayapti deb o‘ylab, oziq-ovqat xarid qilish uchun qisqa vaqtga chiqib ketishgan va kvartira eshigini qulflab qo‘yishgan. Uyg‘ongan bola vannaxonaga kirib, hojatxonaga chiqishga muvaffaq bo‘lgan hamda himoyalanmagan derazadan tashqariga yiqilib tushgan.
Bolaning otasining aytishicha, uning yiqilishiga 17-qavatdagi ochiq deraza ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin. Bu chetga og‘ishga sabab bo‘lib, bola to‘g‘ridan-to‘g‘ri daraxtga tushgan.
“Agar u daraxt bo‘lmaganida, u beton ustiga tushib ketgan bo‘lardi”, deydi bolaning otasi.
Bolani yerda mahalliy aholi vakili topib olib, tez yordam chaqirgan. Hodisa jiddiyligiga qaramay, bola hushini yo‘qotmagan. Uning qo‘li singan, umurtqa pog‘onasi cho‘zilgan va ichki a’zolari shikastlangan, ammo boshiga zarar yetmagan.
Bolaning otasi minnatdorlik ramzi sifatida uni qutqargan daraxtni an’anaviy qizil gul bilan bezatgan. Bu Xitoy madaniyatida hurmat va bayram belgisi hisoblanadi.