Xitoyning Tibet avtonom hududidagi zilzila oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi
Xitoy Xalq Respublikasining Tibet avtonom hududida magnitudasi 7,0 bo‘lgan zilzila sodir bo‘lishi oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi.
Xinhua axborot agentligi xabar berishicha, yana 32 kishi jarohat olgan.
Hudud favqulodda vaziyatlarni boshqarish markazi favqulodda vaziyatlarga javob qaytarishning ikkinchi darajasini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Ayni paytda mintaqada qidiruv-qutqaruv ishlarini tezkor tashkil etish, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, zilziladan zarar ko‘rgan aholini xavfsiz joylarga ko‘chirish va vaqtincha joylashtirish maqsadida turli idoralar hamda barcha darajadagi hokimiyat organlari faoliyati muvofiqlashtirilmoqda.