Bugun 9 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Xitoyda ko‘chki ostida 14 kishi qolib ketdi

Xitoyda ko‘chki ostida 14 kishi qolib ketdi

Chorshanba kuni Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida joylashgan Guanchjou shahrining Bayyun tumanida kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan ko‘chki ostida 14 kishi qolib ketdi, deya xabar beradi Sinxua.

Payshanba kuni ertalab soat 9:00 ga kelib, ulardan to‘qqiz nafari qutqarib olindi.

Qutqarilganlardan ikki nafari halok bo‘lgani, yana yetti nafari turli darajada yaralangani xabar qilingan.

Qolgan besh kishini qidirish ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Guandun provinsiyasida yog‘ayotgan kuchli yomg‘ir yo‘llarda harakatni qiyinlashtirib, suv toshqini xavfini oshirgani haqida xabar bergan edik.

Provinsiya transport boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, kuchli yomg‘ir tufayli tezyurar yo‘lning uchta qismi, respublika va viloyat miqyosidagi avtomobil yo‘llarining olti qismi hamda 25 ta qishloqqa olib boruvchi yo‘llar yopilgan.

Kiritildi: 20:15 07.08.2025. O'qildi: 535 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!