Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi rasmiy do‘stlikka qaramay, xitoylik hakerlar Ukrainadagi urush davomida Rossiya kompaniyalari va hukumat tashkilotlariga bir necha marta kiberxuҗumlar uyushtirdi. Ular harbiy sirlarni qo‘lga kiritishga intilishmoqda, deb xabar beradi The New York Times kiberanalitiklarga tayanib.
2022 yil may oyidan keyin hujumlar kuchaygan, Sanyo, Mustang Panda kabi guruhlar Rossiyaning turli sohalariga — atom suv osti kemalari, aviasiya sanoati va hukumat idoralariga yo‘naltirilgan. Bu hujumlar Xitoy hukumati tomonidan moliyalashtirilgan deb hisoblanmoqda.
Ekspertlar fikriga ko‘ra, Xitoy harbiy tajribaga ega emasligi uchun Ukraina urushida Rossiya taktikalari va g‘arb qurollari haqida ma’lumot to‘plashga intiladi.
Shu bilan birga, Rossiya va Xitoy o‘rtasida kibershpionajni to‘xtatish bo‘yicha ilgari imzolangan kelishuvlar mavjud bo‘lsa-da, Kreml Xitoyni ham raqib sifatida ko‘rib, uning Rossiyaga nisbatan shpionaji haqida xavotirda.