Bugun 20 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Xitoy sun’iy intellekt eksportini cheklaydimi?

Xitoy sun’iy intellekt eksportini cheklaydimi?

Xitoy sun’iy intellekt va quyosh energetikasi texnologiyalari eksportini cheklamoqchi.

Xitoy hukumati sun’iy intellekt (II), quyosh energetikasi va biotibbiyot sohalaridagi muhim texnologiyalar eksportiga yangi cheklovlar joriy etish loyihasini tayyorladi. Bu haqda ntv nashri yozmoqda.

Loyiha 40 turdagi texnologiyani nazorat qilishni nazarda tutadi. Ularning 14 tasini eksport qilishni butunlay taqiqlash, yana 26 tasini chetga chiqarish uchun maxsus ruxsat olish talabini joriy etish taklif qilinmoqda.

Asosiy e’tibor sun’iy intellekt texnologiyalariga qaratilgan. Ro‘yxatdan yirik til modellari va turli vazifalarni mustaqil bajara oladigan II-agentlarni ishlab chiqishga oid texnologiyalar ham o‘rin olgan.

Shuningdek, quyosh panellarini ishlab chiqarishga oid 12 ta muhim texnologiya va hujayra hamda gen terapiyasi sohasidagi ayrim ishlanmalar ham cheklovlarga tushishi mumkin.

Xitoy Savdo vazirligi ushbu tashabbusni xavfsizlik nuqtai nazaridan izohlamoqda. Vazirlik fikricha, sun’iy intellekt texnologiyalaridan muhim infratuzilmaga hujum qilishda foydalanish mumkin. Quyosh energetikasi sohasidagi ishlanmalar esa fuqarolik maqsadlaridan tashqari, kosmik va mudofaa sanoatida ham qo‘llaniladi.

Biroq tahlilchilar Pekinning bu qadami AQSh bilan texnologik raqobat kuchayib borayotgan bir sharoitda yuqori texnologiyali sohalardagi yetakchi mavqeini saqlab qolishga intilishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Agar yangi choralar qabul qilinsa, xorijiy kompaniyalarning sun’iy intellekt va quyosh energetikasi sohalarida o‘z ishlab chiqarishini rivojlantirish rejalari murakkablashishi mumkin.

Kiritildi: 09:35 19.10.2026. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!