Bugun 16 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xitoy, Rossiya va Eron Tehronga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

Xitoy, Rossiya va Eron Tehronga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

Uch davlat Eronning yadro dasturi bo‘yicha "chuqur muhokamalar" o‘tkazib, AQSh va boshqa mamlakatlarni unga qarshi qo‘llanilgan "noqonuniy bir tomonlama sanksiyalar"ni bekor qilishga chaqirdi. Muzokaralarda tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari ishtirok etgan.

Pekin, Moskva va Tehron siyosiy va diplomatik muloqot hamda muzokaralar vaziyatni hal etishning "eng samarali va yagona real yo‘li" ekanini ta’kidladi.

"Xitoy va Rossiya Tehron Eronning yadro dasturi faqat tinch maqsadlarga qaratilgani va yadro quroli yaratishni ko‘zlamaganini tasdiqlaganini olqishladi, deyiladi bayonotda.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning yadro dasturini qisqartirish yuzasidan muzokaralarni qayta boshlash taklifini bergan edi. Biroq Eronning oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy "tajovuzkor hukumatlar" bilan muzokara o‘tkazishdan bosh tortishini va yadroviy dastur masalasi "qachonlardir boshqa bir joyda" muhokama qilinishi mumkinligini bildirgan edi.

Kiritildi: 13:36 15.03.2025. O'qildi: 794 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!