Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temir yo‘lining qurilishi joriy yilda boshlanadi

Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temir yo‘lining qurilishi joriy yilda boshlanadi

Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi 2023 yilda boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning marketing va logistika bo‘limi boshlig‘i Umidulla Ibrohimovga tayanib, Xitoyning Yicai Global nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 523 kilometrlik yo‘nalish bo‘ylab qatnovchi poyezdlar Xitoyning g‘arbiy Shinjon—Uyg‘ur avtonom viloyatidagi Qashg‘ar shahridan jo‘nab, Qirg‘izistonning Qorasuv shahridan o‘tib, O‘zbekistonning Andijon shahrigacha yetib boradi.

Ibrohimovga ko‘ra, temir yo‘l Markaziy Osiyoning iqtisodiy, madaniy va texnologik rivojlanishiga ham hissa qo‘shadi.

O‘z navbatida, Xitoy loyihani amalga oshirish orqali Shinjon—Uyg‘ur viloyatining g‘arbiy provinsiyalarida infratuzilmani yaxshilaydi, — deyiladi Sinxua xabarida.

Bundan tashqari, bu Markaziy Osiyo va Kaspiy dengizi mintaqalarida neft sohasini rivojlantirish va undan foydalanishga yordam beradi. Xitoyga neft importining yangi manbalarini ochadi va mamlakatning energetikani rivojlantirish strategiyasini o‘zgartiradi.

Kiritildi: 23:30 31.05.2023. O'qildi: 1871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!