Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Vatikandagi uchrashuv Trampning fikriga ta’sir qildi: Ukraina AQShdan 30 milliard dollar olishi mumkin

Vatikandagi uchrashuv Trampning fikriga ta’sir qildi: Ukraina AQShdan 30 milliard dollar olishi mumkin

Ukraina foydali resurslar bo‘yicha kelishuvga erishilganidan so‘ng joriy yilda AQShdan 30 milliard dollar olishi mumkin – Ukraina prezidenti.

Zelenskiy Qo‘shma Shtatlarning mazkur bitimga qo‘shadigan birinchi hissasi Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berilishi bo‘lishini xohlashini aytdi.

Zelenskiy, shuningdek, Vatikandagi uchrashuv Trampning pozisiyasiga ta’sir qilganini bildirdi.

"Ishonchim komilki, Vatikandagi uchrashuvimizdan keyin prezident Tramp barchasiga biroz boshqacha qaray boshladi. Ko‘ramiz. Bu uning tasavvuri, har qanday holatda ham uning tanlovi. O‘ylaymanki, biz muzokaralarda o‘zimizni konstruktiv va halol tutdik, bu muhim", – deya ta’kidladi Zelenskiy.

Kiritildi: 20:29 03.05.2025. O'qildi: 913 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!