Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Xitoy Oyga sakraydigan zond uchirmoqchi

Xitoy Oyga sakraydigan zond uchirmoqchi

Xitoy televideniyesining ma’lum qilishicha, 2026 yilda Oyga uchiriladigan «Chane-7» zondi o‘nlab kilometrga sakray oladi. U Yer sun’iy yo‘ldoshining janubiy qutbida suv izlaydi.

Zond to‘rtta qurilmadan iborat: orbital va qo‘nish moduli, oyda harakatlanuvchi modul va suv molekulasi analizatori.

“Zond bukiluvchi “oyoqlarga” ega bo‘lib, u inson kabi sakraganida oyoqlarini buka oladi va turli relyefli Oy yuzasiga qayta-qayta qo‘na oladi”, — dedi missiya bosh konstruktori o‘rinbosari Tang Yuxua.

Kiritildi: 12:35 04.02.2025. O'qildi: 1031 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!