Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Xitoy Markaziy Osiyo orqali Eronga “sirli yuk samolyotlari” yubordi

Xitoy Markaziy Osiyo orqali Eronga “sirli yuk samolyotlari” yubordi

Isroilning Eronga bergan zarbasidan so‘ng Xitoydan 3 ta yuk tashuvchi samolyot uchib chiqqanini Britaniyaning The Telegraph nashri yozmoqda.

Har bir samolyot Xitoyning shimoli orqali g‘arbga qarab harakatlanib, 🇰🇿Qozog‘iston, 🇺🇿O‘zbekiston va 🇹🇲Turkmaniston havo hududlaridan o‘tgan va Eron chegarasiga yaqinlashgach, radar ekranlaridan yo‘qolgan.

Parvoz rejasida yakungi manzil sifatida Lyuksemburg ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, samolyotlar Yevropa Ittifoqi hududiga yetib bormagan ko‘rinadi.

Nashrning yozishicha, bu parvozlar xavotir uyg‘otgan: urush davom etayotgan bir paytda Xitoy Eron tomon aynan nimani yuborgan bo‘lishi mumkin?

Aviasiya mutaxassislariga ko‘ra, ishlatilgan Boeing 747 rusumidagi samolyotlar odatda harbiy texnika va qurol-aslaha tashish, shuningdek, hukumat buyurtmalari asosida yuk tashish uchun qo‘llaniladi.

“Bunday yuk, ayniqsa Xitoyning Eronga yordam berishi mumkin degan taxminlar fonda, befarq qoldirmaydi”, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 14:05 18.06.2025. O'qildi: 2667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!