Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda ta’lim va kasbga tayyorlash o‘quv markazini ochadi

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda ta’lim va kasbga tayyorlash o‘quv markazini ochadi

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda ta’lim va kasbga tayyorlash o‘quv markazini ochadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Ma’lum qilinishicha O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Migrasiya agentligi hamda Xitoyning JC Finance Interconnect Holdings kompaniyasi raisi U Tinyi o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Muzokaralar davomida O‘zbekistonda “yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi, AKT, turizm kabi soha mutaxassislari uchun ilg‘or xalqaro standartlar asosida qayta tayyorlash va malakani oshirish dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston talabalari uchun Xitoyning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida grantlar ajratish va nomzodlarni tanlash xususida fikr almashdi. Uchrashuv yakunida JC Finance Interconnect Holdings kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga safarini tashkil etishga kelishib olindi.

Safar davomida O‘zbekiston fuqarolarini ta’lim va kasbiy faoliyatga tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish markazini ochish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarda uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 15:30 09.03.2025. O'qildi: 1289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!