Bojxona qo‘mitasining “Toshkent-AYERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi va Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan “Elektron tijorat” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti hamda Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar idoralari va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda qonuniy bo‘lmagan dorilarning keltirilishining oldi olindi.
Surxondaryo viloyatining Denov shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 30 yoshli fuqaro o‘z nomiga Koreyadan yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Hujjatlarda sport ozuqa sifatida ko‘rsatilgan yubormada haqiqatdan ham 1200 ta pregabilin moddasini o‘z ichiga olgan kuchli ta’sir qiluvchi kapsula aralashtirilganligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.