Xitoy kamida uchta Boeing 747 transport samolyotini Eronga yo‘naltirdi, deb yozadi The Daily Telegraph nashri.
Nashrning taxmin qilishicha, avialaynerlar qurol va harbiy texnikani tashish uchun ishlatilishi mumkin.
Uchta samolyotdan birinchisi Isroilning mamlakatga hujumlari boshlanganidan bir kun o‘tib Eronga jo‘natildi. Qolgan ikkita samolyot birozdan keyin yetib keldi.
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, samolyotlarni Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston ustidan kuzatish mumkin, biroq ular Eronga yaqinlashganda radarlardan g‘oyib bo‘lgan.
The Daily Telegraph jurnalistlarining qayd etishicha, samolyotlarning manzili Lyuksemburg bo‘lgan, biroq samolyotlarning hech biri mamlakatga qo‘nmagan.