Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Xitoy AQShni xalqaro huquqni buzganlikda aybladi va zudlik bilan o‘q otishni to‘xtatishga chaqirdi

Xitoy AQShni xalqaro huquqni buzganlikda aybladi va zudlik bilan o‘q otishni to‘xtatishga chaqirdi

Xitoy Xalq Respublikasi AQShning Eron yadroviy ob’ektlariga bergan zarbalarini keskin qoralab, Vashington harakatlari BMT Nizomi va xalqaro huquq me’yorlariga zid ekanligini bildirdi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Ninning ta’kidlashicha, zarba ostiga tushgan ob’ektlar Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) nazorati ostida bo‘lgan. U zudlik bilan ziddiyatni yumshatishga va harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.

Pekin vaziyatdan "chuqur xavotirda" ekanligini bildirgan holda, mojaroda ishtirok etayotgan barcha tomonlarni, ayniqsa Isroilni o‘q otishni to‘xtatishga chaqirdi. Xitoy tomoni Yaqin Sharqda tinchlikni tiklash uchun jahon hamjamiyati bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 22 iyunga o‘tar kechasi AQSh Eronning Fordo, Natanz va Isfahon shaharlaridagi yadroviy ob’ektlariga zarba berdi va rasman Isroil hamda Eron o‘rtasidagi qurolli mojaroga qo‘shildi. 21 iyun kuni Xitoy, Rossiya, Pokiston va Jazoir tashabbusi bilan BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishi o‘tkazilib, unda yadroviy infratuzilmaga berilgan zarbalar muhokama qilindi.

Xitoyning BMTdagi doimiy vakili Fu Sunning aytishicha, Isroil tomonidan berilgan zarbalar xalqaro huquqni buzmoqda, mintaqaviy barqarorlikka putur yetkazmoqda va Eron suverenitetiga tahdid solmoqda.

Kiritildi: 13:43 24.06.2025. O'qildi: 700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!