Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Ramzan Qodirov Bodrumda dam olayotgan paytda cho‘kib ketishiga oz qoldi

Ramzan Qodirov Bodrumda dam olayotgan paytda cho‘kib ketishiga oz qoldi

Bu haqda bir qator turk nashrlari xabar berdi, biroq bu xabarlarda ba’zi g‘alati jihatlar ham bor.

Hodisaga guvoh bo‘lganlarga ko‘ra, voqea 24 iyul kuni tushdan keyin sodir bo‘lgan. Turk nashrlarining xabariga ko‘ra, Checheniston rahbari dengizga cho‘milish uchun kirgan, biroq «to‘satdan hushini yo‘qota boshlagan va suvga g‘arq bo‘lgan». Uni qirg‘oq qo‘riqlash xizmati xodimlari payqab qolgan — Qodirov suvdan chiqarilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va xususiy klinikaga olib ketilgan. Shifokorlar holatini «barqaror» deb baholagan.

Qodirovga oid bu voqeani dastlab yozgan turk OAV (jumladan, Haberler) GZT nashriga tayanayotganini ma’lum qilgan. Keyinchalik bu yangilik Nefes va Milliyet kabi nufuzliroq OAVda ham hech qanday manbaga tayanmasdan qat’iy ohangda e’lon qilindi.

Shundan so‘ng, xabarni Ozarbayjon matbuoti, undan keyin esa bir nechta rus tilidagi Telegram-kanallar ham tarqatdi.

Ramzan Qodirovning o‘zi hozircha ushbu voqea bo‘yicha hech qanday rasmiy izoh bergani yo‘q.

Kiritildi: 13:12 25.07.2025. O'qildi: 1512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!