Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Xitoy AQSh uchun tariflarni oshirishga shoshilmayapti

Xitoy AQSh uchun tariflarni oshirishga shoshilmayapti

Xitoy AQShdan import qilinadigan mahsulotlarga nisbatan 24 foizlik qo‘shimcha bojni qo‘llashni ikki oy muddatga to‘xtatib turadi. Ushbu qaror 10 noyabrdan kuchga kiradi. Biroq, amaldagi 10 foizlik boj saqlab qolinadi.

Ikki davlat rahbarlarining sentyabr oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tgan sammitidan so‘ng tomonlar umumiy qiymati 60 milliard dollarlik o‘zaro bojlarni kamaytirish paketini taklif qilgan edi.

Kelishuv doirasida Xitoy 2024 yilda AQShdan import qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan bojlarni qariyb 17 milliard dollarga kamaytirishni rejalashtirgan. Biroq, ushbu reja hozircha yakuniy tasdiqdan o‘tmagan.

Xitoy Davlat kengashi huzuridagi Bojxona tariflari komissiyasi bayonotiga ko‘ra, bojlarni qo‘llashni to‘xtatib turish qarori «Xitoy va AQSh davlat rahbarlarining Vashingtondagi uchrashuvida erishilgan natijalar va kelishuvlarni amalga oshirish» maqsadida qabul qilingan.

Kiritildi: 23:19 09.11.2026. O'qildi: 891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik