Xitoy AQSh rahbari Donald Trampning tahdidlari fonida AQShda noqonuniy yashayotgan fuqarolarini qaytarib olishga rozilik bildirdi. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Mao Nin ma’lum qilganini Bloomberg xabar qilmoqda.
"Xitoy tekshiruvdan so‘ng fuqaroligi tasdiqlangan shaxslarni qabul qiladi," - dedi diplomat AQShda hujjatsiz yashayotgan fuqarolarni Pekin qaytarib oladimi, degan savolga javob berib.
Mao Nin shuningdek, XXR hukumati "noqonuniy migrasiyaning har qanday shakliga qat’iyan qarshi ekanini" ta’kidladi.