Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Xitoy amerikalik olimni josuslikda ayblab, hibsga oldi

Xitoy amerikalik olimni josuslikda ayblab, hibsga oldi

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi amerikalik erkakning “josuslik” va “milliy xavfsizlikka tahdid solish” moddasi bilan hibsga olinganini tasdiqladi. Bundan bir kun avval AQSh ommaviy axborot vositalari iyun oyi boshida ham Qo‘shma Shtatlar, ham Myanma fuqaroligiga ega bo‘lgan olim qo‘lga olingani haqida xabar tarqatgan edi.

Xitoy TIV matbuot kotibi Lin Jianning ma’lum qilishicha, Myanma Strategiya va siyosat instituti (ISP-M) asoschisi Min Zin jinoiy javobgarlikka tortilgan. Lin Jianning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy hukumati hibs to‘g‘risida Qo‘shma Shtatlarning Guanjou shahridagi bosh konsulligini ogohlantirgan.

ISP-M instituti 2021 yilgi harbiy to‘ntarishdan keyin fuqarolar urushiga tortilgan Myanmaning siyosati, resurslari va nizolar dinamikasini tadqiq qiladi. Ushbu hibs haqidagi xabar Pekin rasmiylari Myanma prezidenti Min Aung Hlaynning 15–19 iyun kunlari Xitoyga tashrif buyurishini e’lon qilgan kunda tarqaldi.

The New York Times nashrining yozishicha, Min Zin Myanma siyosatini o‘rgangan tadqiqotchidir. U o‘smirlik davrida harbiy boshqaruvga qarshi namoyishlarda ham qatnashgan. Xabarga ko‘ra, olim 3 iyun kuni Myanma bilan chegara yaqinidagi Yunnan provinsiyasining Kunmin shahrida g‘oyib bo‘lgan. Uning ISP-M tadqiqot guruhi Myanmaning oldingi poytaxti Yangonda joylashgan.

AQSh Davlat departamenti NYT nashriga hibsni tasdiqlagan va tegishli konsullik yordami ko‘rsatish ustida ishlayotganini bildirgan. Biroq boshqa tafsilotlarni ochiqlamagan.

Kiritildi: Bugun 12:35. O'qildi: 230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!