Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

«Xetafe»ga qarshi o‘yinda zaxiradan tushgan Behruz Karimovga necha ball qo‘yildi?

«Xetafe»ga qarshi o‘yinda zaxiradan tushgan Behruz Karimovga necha ball qo‘yildi?

O‘zbekiston terma jamoasi va Shveysariyaning «Lugano» klubi himoyachisi Behruz Karimov Konferensiyalar ligasi umumiy bosqichining 2-turida Ispaniyaning «Xetafe» jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdagi harakatlari uchun baho oldi.

Mazkur bahsda «Lugano» safarda 5:2 hisobida g‘alaba qozondi. Karimov 75-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, uchrashuv oxirigacha harakat qildi. Flashscore statistik portali o‘zbekistonlik futbolchining o‘yinini 6,4 ballga baholadi.

Dubl qayd etgan Albian Ayeti 9 ball oldi. Zaxiradan maydonga tushib, shveysariyaliklarning beshinchi golini urgan Kevin Berensning harakatlari esa 7,7 ballga loyiq ko‘rildi.

Karimov bilan bir vaqtda maydonga tushgan Egziyan Alioski 6,3 ball bilan baholandi. Martim Markesh 6,1 ball, uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Xannes Delkrua esa 6,3 ball oldi. «Lugano» futbolchilari orasida eng past baho Anto Grgichga berildi — 5,3 ball.

Ikki turdan keyin «Lugano» olti ochko jamg‘argan. Shveysariya klubi Konferensiyalar ligasi umumiy bosqichining keyingi uchrashuvida Litvaning «Kauno Jalgiris» jamoasini qabul qiladi.

Kiritildi: Bugun 11:17. O'qildi: 283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!