Xavi Saudiya Arabistoni klubini boshqarishi mumkin.
Foot Mercato xabariga ko‘ra, 45 yoshli mutaxassis "Al-Ahli"dan taklif olgan. Ayni damda Saudiya klubini Mattias Yayssle boshqarmoqda.
"Al-Ahli" Saudiya Arabistoni chempionat jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa joriy mavsumda Osiyo chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.
Xavi 2021 yilning noyabridan beri bosh murabbiy bo‘lib ishlagan "Barselona"dan haydalgach, 2024 yilning iyunidan beri ishlamaydi.