Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Xavi "Yuventus"ni boshqarishga tayyor, faqat bitta shart bor...

Xavi "Yuventus"ni boshqarishga tayyor, faqat bitta shart bor...

"Barselona"ning sobiq ustozi Xavi "Yuventus"ni boshqarishi mumkin, deb yozadi El Nacional.

Italiya klubi Tyago Motta boshchiligidagi omadsiz mavsumdan keyin murabbiyni o‘zgartirmoqchi va Xavi uning o‘rniga asosiy nomzodlardan biri bo‘lib turibdi. Shunga qaramay, ispaniyalik faqat bir shart bilan - agar "byankonerilar" "Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopesni o‘z safiga qo‘shib olsa, rozi bo‘lishga tayyor.

O‘z navbatida, kataloniyaliklar Ferminni sotilmaydigan futbolchi deb hisoblamoqda, ammo futbolchining o‘zi Xavi taklif bilan chiqsa, bu variantni ko‘rib chiqishi mumkin.

Xavi 2024 yilning 30 iyunida "Barselona"ni tark etgan va shundan beri klubsiz.

Kiritildi: 13:15 03.03.2025. O'qildi: 1052 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!