Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Xavi "Real" bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

A A A
Xavi "Real" bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes uch o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi mumkin. Bu haqda Diario Sport xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis "Atletiko" bilan La Liganing so‘nggi uchrashuvida (3:0) qizil kartochka olgandi. Xavining o‘zi imo-ishoralari uchun chetlatilganini aytdi.

Manbaga ko‘ra, agar Xavi diskvalifikasiya qilinsa, "Barselona" bu qaror ustidan shikoyat qilmaydi, chunki klub buni vaqtni behuda sarflash deb hisoblamoqda.

29-turdan keyin “Barselona” 64 ochko bilan La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 05:46 19.03.2024. O'qildi: 1087 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!